Xitoyniing ByteDance kompaniyasi “TikTok” ilovasining ayrim texnologiyalarini sotishni boshladi. Bu haqda FT nashriga asoslanib vc.ru xabar berdi.

O’z ishlanmalarini sotish uchun kompaniya “BytePlus.” nomli bo’linma tashkil etdi.

Bu TikTok video ilovasida qo’llaniladigan ayrim sun’iy intellektning texnologiyalari hisoblanadi.

Shuningdek kompaniya videolardagi ko’ruvchilar soni qanday oshirish to’g’risidagi algoritmlarni ham sotmoqda.

Boshqa BytePlus takliflari orasida matn va nutq uchun avtomatik tarjima texnologiyalari, video effektlar va ma’lumotlarni tahlil qilish vositalari mavjud.

Shuningdek, kompaniya kompyuterning ko’rish texnologiyasini joriy etdi. U kameraning oldida foydalanuvchilar raqsga tushganda yoki imo-ishora qilayotganda tananing 18 nuqtasini boshdan oyoq aniqlay oladi. Ishlab chiquvchilar tizimni go’zallik va moda dasturlariga taklif qilishadi.