IT Park Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining volontyorlari bilan hamkorlikda dunyoga mashhur Y Combinator startap akselerator kursini o‘zbek tiliga tarjima qilishdi vaovoz berishdi.

Siz epark.uz saytida tadbirkorlik asoslari, muvaffaqiyatli startap sirlari, innovatsion loyihalarni boshqarish, biznes yuritishning nozik tomonlari va turli xil biznes muammolarga yechim topishga bag‘ishlangan 17 ta mutlaqo bepul darsni topishingiz mumkin.

Y Combinator — bu 2005-yilda ishga tushirilgan AQSh akseletarori hisoblanadi. U o‘z faoliyati davomida Stripe, Airbnb, Cruise Automation, DoorDash, Coinbase, Instacart, Dropbox, Twitch va Reddit kabi 2 000 dan ziyod kompaniyalarni muvaffaqiyatli ishga tushirishda yordam bergan.

Ro’yxatdan o’tish quyidagi havola orqali.