Latviya hukumati COVID-19'ga qarshi emlashni faollashtirish maqsadida fuqarolar o’rtasida yutuqli o’yin (lotoreya) tashkil qilishni rejalashtirmoqda.

Yutuqlarni hafta davomida bir marta tarqatish ko’zda tutilgan. Eng katta sovrin esa shu yilning kuzida topshiriladi.

“Biz haftalik tirajlarda bir necha g’oliblar bo’lishi kerak deb hisoblaymiz, ular yuz yevrodan bir necha ming yevrogacha kichik sovrinlarga ega bo’lishadi. Sog’liqni saqlash vazirligining taklifiga binoan bosh sovrin kuzda — oktyabrda yoki noyabrda 100 ming yevroni tashkil qilishi mumkin”, deyiladi xabarda.

O’yinda oldin emlanganlar qatnasha oladilar. Lotereya, shuningdek, oilaviy shifokorlar uchun keksa yoshdagi bemorlarni emlashga yaxshiroq ishontirish uchun rag’batlantiruvchi omil bo’lishi kerak. Emlash jarayoniga nodavlat tashkilotlarni jalb qilish rejalashtirilgan.