WhatsApp chegaralangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun messenjerning beta-versiyasini sinovdan o’tkazishni boshladi. U telefon mavjud bo’lmagan holda bir necha qurilmalarda messenjerdan foydalanish imkonini beradi.

Foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida messenjerni beshtagacha qurilmaga ulashlari mumkin. Ammo asosiy ilova smartfonga ulangan bo’lishi lozim.

Buning asosiy sababi shundaki, WhatsAppp E2EE raqamlash xizmatini qo’llamoqda. Foydalanuvchining qolgan 4 ta qurilmasi smartfon bo’lmasa ham undan foydalanish mumkin bo’ladi.

Tekshiruv jarayonida shuningdek, versiyaga yangi funksiyalarni qo’shish taklif etilmoqda.

Avvalroq Spot, Apple qurilmalari egalari WhatsApp messenjerida oʻzi oʻchib ketadigan xabarlar joʻnatish imkoniyatiga ega boʻlishi haqida xabar bergan edi.

Ma’lumot uchun: WhatsApp may oyida yangi qoidalarni qabul qilmaydigan akkauntlarni cheklaydi, deya xabar berilgan edi. Bunda foydalanuvchilar qoʻngʻiroqlarni qabul qilishlari va xabarnomalarni olishlari mumkin, ammo dasturdan xabarlarni oʻqish yoki unga javob yuborish imkoniyatlari yopib qoʻyiladi.

Ammo 30-mayga kelib messenjer vakili bloklar bo’lmasligi, ammo maxfiylik siyosati bilan rozi bo’lmaganlar, qoidalarni yangilash uchun vaqti-vaqti bilan eslatmalar olishlari haqida aytib o’tdi.