WhatsApp foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlarni jo’natmagan taqdirda ularning akkauntini bloklamasligi haqida xabar berdi.

“Yaqinda turli xil vakolatxonalar va ma’lumotlar xavfsizligi bo’yicha mutaxassislar bilan o’tkazilgan muzokaralarni hisobga olgan holda, biz buni aniq aytmoqchimiz: kompaniya yangi qoidalarni hali qabul qilmaganlar uchun WhatsApp funksiyasini cheklamaydi”, dedi messenjer vakili The Verge nashriga bergan intervyusi.

Unga ko’ra, maxfiylik siyosati bilan rozi bo’lmaganlar, qoidalarni yangilash uchun vaqti-vaqti bilan eslatmalar olishadi. Ular istalgan vaqtda shartlarni qabul qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, WhatsApp 15-maydan keyin yangi qoidalarni qabul qilmaydigan akkauntlarni cheklaydi, deya xabar berilgan edi. Bunda foydalanuvchilar qoʻngʻiroqlarni qabul qilishlari va xabarnomalarni olishlari mumkin, ammo dasturdan xabarlarni oʻqish yoki unga javob yuborish imkoniyatlari yopib qoʻyiladi.

Bu yangi shartlarni qabul qilmagan foydalanuvchi akkauntlari faol boʻlmagan deb hisoblanadi va 120 kunlik harakatsizlikdan soʻng oʻchiriladi.

Ushbu qoidalar sabab messenjer Germaniyada 3 oylik taqiqqa tushgan edi.