O‘zbekistonda Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Islohotdan maqsad ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini shakllantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirishdir.
Shuningdek, maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlar va ilmiy faoliyat o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, yagona samarali boshqaruv tizimini joriy etish hamda uning jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Spot O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etilishi haqida yozgandi.