O‘zbekistonda 1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?

Spot oktabr oyidan boshlab kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Fido Studio asoschisi Jamshid Xoliqulov tavsiya qilgan 5 ta kitob

Tadbirkor Spot’ga uni dizayner va biznesmen sifatida shakllantirgan, ish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgan kitoblar haqida so‘zlab berdi. Ular orasida sohaga oid adabiyotlar bilan bir qatorda, jahon adabiyoti durdonalaridan biri bo‘lgan sarguzasht-fantastik roman o‘rin olgan.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi qariyb $2 mlrd ga oshib, $84,1 mlrd ga yetdi

Joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi birinchi yarim yillikda $6,2 mlrd ni tashkil etib, ikkinchi chorakda taxminan $410 mln ga oshdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. 1-oktabrdan Toshkentda avtobus va metro uchun yo‘l haqi oshiriladi
    ATTO elektron to‘lov tizimi orqali bir martalik yo‘l haqi 1700 so‘mdan 2500 so‘mga oshadi. Naqd pulda chipta narxi esa o‘zgarmaydi — 3000 so‘m.
  2. Pensiya jamg‘armasi 2027-yildan fuqarolardan qog‘oz hujjatlarni qabul qilishni to‘xtatadi
    Rasmiy daromadli shaxslar ishlamaydigan oila a’zolari ish staji uchun har oy MHTEKMning 12% i miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.
  3. Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun OTMlarga qo‘shimcha 7 mingta o‘rin ajratildi
    Shundan 500 tasi maqsadli qabul, yana 6,5 mingtasi to‘lov-kontrakt asosidagi qo‘shimcha qabul o‘rinlarini tashkil etadi.
  4. Endi hududlardagi lider o‘qituvchilarga 30 mln so‘mdan mukofot puli beriladi
    Kamida 15 yillik ish stajiga ega pedagoglarning farzandlariga oliy ta’lim kontraktini to‘lash uchun foizsiz kredit ajratiladi.
  5. O‘zbekiston avgustda Rossiya va Turkmanistondan gaz importini besh baravar oshirdi
    Avgust yakunlariga ko‘ra, Xitoyga tabiiy gaz eksporti 9% ga, yil boshidan buyon esa qariyb 35% ga kamaydi.
  6. Saida Mirziyoyeva Donald Tramp bilan uchrashdi
    Prezident administratsiyasi rahbari Trampga Shavkat Mirziyoyevning samimiy va ezgu tilaklarini yetkazdi.
  7. Urganch — Xiva yangi yo‘lida yengil avtomobillar va mototsikllar uchun yo‘l haqi pasaytirildi
    Butun yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish narxi 17 600 so‘mni tashkil etadi. Bu dastlab taklif qilingan 26 400 so‘mdan uchdan bir qismga arzon.
  8. Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim vazirligi yagona vazirlikka birlashtirildi
    Prezidentning tegishli farmoni bilan ikkita vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
  9. Zafar Hoshimov Prezident Administratsiyasi huzuridagi maxsus ishchi guruhga rahbar etib tayinlandi
    Guruh tarkibiga ta’lim tizimida tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar va xalqaro ekspertlar jalb etiladi.
  10. O‘zbekiston avgust oyida oltin eksportini to‘xtatdi
    Sakkiz oy davomida jami oltin eksporti $2,8 mlrd ni tashkil etdi. Bu yil O‘zbekiston faqat aprel va iyul oylarida oltin sotgan.