2026-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi yil boshiga nisbatan $1,9 mlrd ga oshib, $84,1 mlrd ga yetdi. Bu Markaziy bankning mamlakat to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei va tashqi qarzi haqidagi sharhida keltirilgan.

O‘zbekiston tashqi sektorida avvalgi davrlarda shakllangan ijobiy tendensiyalar davom etdi. Tovarlar va xizmatlar eksporti hamda xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi o‘sdi. Mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘lami yuqori darajada saqlandi.

Yanvar-iyun oylarida joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi birinchi chorakdagi $5,79 mlrd ga nisbatan taxminan $6,2 mlrd ni tashkil $5,79 mlrdga nisbatan taxminan $6,2 mlrdni tashkil etdi. Shunday qilib, ikkinchi chorakda taqchillik taxminan $410 mln ga oshdi. Asosiy sabab yarim yillik yakunlariga ko‘ra yanvar-mart oylaridagi $8,3 mlrd ga nisbatan $13,4 mlrd ga yetgan savdo balansining manfiy saldosi bo‘lib qolmoqda.

Birinchi yarim yillikda eksportning umumiy hajmi $15,4 mlrd ni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6% ga kam. Ikkinchi chorakda eksport birinchi chorakdagi $5,6 mlrd ga nisbatan taxminan $9,8 mlrd ni tashkil etdi. Yillik hisobda eksportning pasayishiga asosiy omil oltin savdosining qisqarishi bo‘ldi, oltindan tashqari tovarlar eksporti 27% ga, xizmatlar eksporti esa 45% ga oshdi.

markaziy bank, tashqi qarz, to'lov balansi

Yanvar-iyun oylarida import hajmi 24% ga oshib, $28,8 mlrd ga yetdi. Ikkinchi chorakda import birinchi chorakdagi $13,9 mlrd ga nisbatan qariyb $14,9 mlrd ni tashkil etdi. Yetkazib berishning asosiy hajmi mashina va uskunalar, transport vositalari, kimyoviy va mineral mahsulotlar hamda oziq-ovqat tovarlariga to‘g‘ri keldi.

Savdo balansining manfiy saldosi birlamchi va ikkilamchi daromadlar bo‘yicha ijobiy saldo bilan qisman qoplandi, bu yarim yillikda mos ravishda $1,9 mlrd va $5,3 mlrd ni tashkil etdi. Birinchi chorakda ikkilamchi daromadlar $2,5 mlrd lik ijobiy saldo berdi, birlamchi daromadlar bo‘yicha esa $43 mlnlik taqchillik qayd etildi.

Joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, portfel va boshqa investitsiyalar bo‘yicha operatsiyalar hamda boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirildi. Yarim yillik yakunlariga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof kiritilishi $2,3 mlrd ni tashkil etdi — taxminan $1,6 mlrd ikkinchi chorakka to‘g‘ri keldi. Portfel investitsiyalarining sof jalb qilinishi birinchi chorakdagi $4,1 mln ga nisbatan qariyb $2 mlrd ga yetdi.

Boshqa investitsiyalar komponenti bo‘yicha $1,5 mlrdga yaqin sof kirim qayd etildi, shundan taxminan $400 mln i ikkinchi chorakka to‘g‘ri keldi. Natijada moliyaviy hisobvaraqning manfiy saldosi birinchi chorakdagi $5 mlrddan yarim yillik yakuni bo‘yicha $7,5 mlrdgacha oshdi.

markaziy bank, tashqi qarz, to'lov balansi

O‘zbekistonning sof xalqaro investitsiyaviy mavqei ikkinchi chorakda $8,3 mlrd ga — 1-apreldagi $21,6 mlrddan 1-iyul holatiga ko‘ra $13,3 mlrdga qisqardi. Umuman, yil boshidan buyon bu 34% ga kamaydi.

Rezidentlarning tashqi aktivlari qoldig‘i yarim yil ichida $1,1 mlrd ga kamaydi, birinchi chorakda esa $2,6 mlrd ga oshdi. Natijada, ikkinchi chorakda aktivlar taxminan $3,7 mlrd ga kamaydi. Shu bilan birga, jahon oltin narxining pasayishi tufayli xalqaro zaxiralar $2,5 mlrdga kamaydi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa investitsiyalar bo‘yicha aktivlar esa $1,4 mlrd ga oshdi.

Shu bilan birga, birinchi yarim yillikda rezidentlarning tashqi majburiyatlari qoldig‘i $5,8 mlrd ga oshdi. Taqqoslash uchun, birinchi chorakda o‘sish $534 mlnni tashkil etdi, ya’ni ikkinchi chorakda majburiyatlar taxminan $5,3 mlrd ga oshdi.

1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 1-apreldagi $82,2 mlrd ga nisbatan $84,1 mlrd ni tashkil etdi. Davlat tashqi qarzi $40,5 mlrd dan $41,7 mlrd ga, korporativ qarzi esa $41,7 mlrd dan $42,4 mlrd ga oshdi.

Markaziy bank korporativ tashqi qarz xususiy sektor tomonidan davlat kafolatisiz jalb etilgan tashqi qarzlarni aks ettirishini ta’kidladi. Korporativ tashqi qarz bo‘yicha davlat majburiyati mavjud emas, to‘lovlar xo‘jalik subyektlari hamda banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Shu o‘rinda, XVJ bayonotida O‘zbekistonning tashqi qarz yuki pastligi, asosan imtiyozli shartlarda jalb qilingani qayd etilgan.

Avvalroq Spot O‘zbekistonning davlat qarzi $48,3 mlrd dan oshgani haqida yozgan edi.