Apple vakillari “always on display” (doimiy yoqilgan displey) funksiyasini 2017-yildan buyon kuttirib kelishadi. Maʼlumotlarga koʻra, foydalanuvchilar endilikda iPhone qurilmalarida baʼzi maʼlumotlarni ekranga tegmasdan turib ham olishlari mumkin boʻladi.

Bu vaqt, ob-havo va ilovalar haqidagi bildirishnomalarga tegishli. AOD funksiyasi Apple Watch Series 5 va 6 aqlli soatlarida ham mavjud boʻladi.

Yangi qurilmalar Apple kompaniyasining anʼanaviy kuzgi taqdimotida namoyish etilishi kerak. Bloomberg jurnalistining soʻzlariga koʻra, smartfonlarga quyidagi funksiyalarni ham qoʻshilishi mumkin:

  • A15 kuchliroq protsessor;
  • kamera atrofidagi yangi moslamalar;
  • kattaroq oʻlchamli akkumlyator;
  • yangilanish tezligi 120 Hz gacha boʻlgan ekran.

Avvalroq Spot Apple oʻz xodimlarini yangicha ish rejimida faoliyat yuritishlari haqida ommaga eʼlon qilgan edi. Keyinchalik kompaniya rejalari oʻzgarib, barcha xodimlarni masofadan ofisga qaytarmoqchi boʻldi. Biroq xodimlar bundan noroziliklarini ochiq bildirgan edi.