Apple xodimlari sentyabr oyidan boshlab ofisga dushanba, seshanba va payshanba kunlari kelishlari, chorshanba va juma kunlari masofadan turib ishlashlari kerak edi, bu haqda kompaniya tomonidan rasmiy xat yuborgan.

Biroq The Verge-ning yozishicha, ayrim xodimlar gibrid modelga oʻtgandan keyin ofisdan ishlashga qiynalayotganligidan shikoyat qilishgan.

Tarixiy nuqtai nazardan, Apple avvallari masofadan ishlashga rozilik bermagan, ammo vaziyat sabab istisnolar qilgan. Baʼzi xodimlar shunday muammolar sabab ishdan ketayotganliklarini aytmoqda.

Apple kompaniyasining ichki soʻroviga koʻra, taxminan 36,7% respondentlar ushbu rejim sabab Apple kompaniyasini tark etishlari mumkinligini ta’kidlashgan. Soʻrovda jami 1735 kishi ishtirok etgan.

Xodimlarning fikriga koʻra, masofadan turib ishlashning yagona usuli hujjatlashtirilgan kasallik boʻlib, u ofisga bormaslik huquqini beradi. Ruxsat olish uchun siz kompaniyaga tibbiy maʼlumotlaringizni taqdim etishingiz kerak, ammo hamma ham bunga tayyor emas.