13 va 14-noyabr kunlari HYATT Regency Tashkent texnologik hamda moliyaviy kompaniyalar, biznes, sanoat, davlat va investorlarning uchrashuvlari uchun interaktiv maydonga aylanadi. Bu yerda tajriba almashish, yechimlar hamda hamkorlar topish, shuningdek, yangi loyihalarni ishga tushirish imkoniyati bo‘ladi.
Forum tashkilotchilari texnologiyalarni sinab ko‘rish va yangi tanishuvlarni darhol hamkorlikka aylantirish imkonini beruvchi ishbilarmonlik tadbiri formatini taklif etmoqda.
30 dan ortiq sessiyadan iborat biznes dasturi
“Markaziy Osiyo uchun innovatsiyalar” ishbilarmonlik dasturi 30 dan ortiq sessiyani o‘z ichiga oladi. 13-noyabr kuni ishtirokchilar davlat va texnologiya sohalariga oid kun tartibini: “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, sun’iy intellekt, fintex, raqamli to‘lovlar, kiberxavfsizlik va kosmik texnologiyalarni real sektorda qo‘llash masalalarini muhokama qiladi. 14-noyabr kuni muloqot biznes mavzulariga: innovatsiyalar, avtomatlashtirish va sun’iy intellektga sarmoya kiritish, transchegaraviy to‘lovlar hamda yangi fintex modellariga ko‘chadi. Alohida sessiyalar islomiy bank ishi va kichik hamda o‘rta biznesni moliyalashtirish, eksport, tartibga solish, sanoat, sug‘urta va kadrlar tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan. Spikerlar orasida Click, Octobank, SQB, IT Park Uzbekistan, O‘zbekiston Fintex assotsiatsiyasi, Rossiya banki hamda Moskva birjasi vakillari bor. Forumning bosh hamkori — VTB banki.
Faol netvorking uchun Smart Solutions maydoni
Asosiy dastur bilan bir vaqtda ishtirokchilar bilan jonli muloqot shaklidagi maydoncha — Smart Solutions hududi ham faoliyat yuritadi. Birinchi kuni bu yerda “Fintex-klub"ning taqdimot sessiyalari bo‘lib o‘tadi, unda kompaniyalar o‘z yechimlarini qisqacha taqdim etadilar, ishtirokchilar esa shu zahoti savollar berishlari mumkin bo‘ladi. Ikkinchi kuni “Fintex netvorking: biznes uchun open source” tadbiri bo‘lib o‘tadi. Sun’iy intellekt moda hamda makon dizaynini qanday o‘zgartirayotgani haqidagi, shuningdek, kiyim-kechak va interyer yechimlari namoyishini o‘z ichiga olgan “Sun'iy intellekt davrida yangi estetika” mavzusidagi sessiya maydoncha ishini yakunlab beradi.
Tayyor yechimlar namoyishi
Ishtirokchilarning tayyor yechimlarini namoyish etish maydonchasi forumning birinchi kunida ochiladi va har ikkala kun davomida faoliyat yuritadi. Uning hududida B2B formatidagi uchrashuvlar hamda stendlarga ishbilarmonlik tashriflari o‘tkaziladi. Bu yerda kompaniyalar bilan shaxsan tanishish, hamkorlik masalalarini muhokama qilish va kelgusi qadamlarni kelishib olish mumkin bo‘ladi.
Ro‘yxatdan o‘tish va to‘liq dastur — fintechforum.uz saytida.
Sana: 13 va 14-noyabr.
Manzil: HYATT Regency Tashkent.
Instagram: @finobod
Telegram: t.me/finobod
Reklama huquqlari asosida.