Avvalroq Spot, “Lingvist” sport- sog’lomlashtirish oromgohi sotuvga qo’yilgani va uning muddatiuzaytirilgani haqida xabar bergan edi.

Bino inshootlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Xumson MFY da joylashgan.

Boshlang‘ich narxi: 1,5 mlrd. so‘mdan. Auksion muddati: 2-avgustgacha.

Auksionda g’olib chiqqan shaxs 24 oy mobaynida turistik xizmat ko‘rsatish majmuasi, shu jumladan hududda kamida 3 yulduzli toifadagi 50 xonali mexmonxona faoliyatini tashkil etish majburiyatini oladi.

Investor tomonidan amalga oshiriladigan loyiha “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi bilan kelishiladi. Umumiy maydoni (kv.m): 400. Yer maydoni: 2,4 gektar.