Avvalroq Spot “Lingvist” sport-sog‘lomlashtirish oromgohi sotuvga qo’yilganligi haqida xabar bergan edi. Endilikda xaridorlar tomonidan arizalar qabul qilish muddatini uzaytirilganligi e’lon qilindi.

Bino inshootlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Xumson MFY da joylashgan.

Auksionda g’olib chiqqan shaxs 24 oy mobaynida turistik xizmat ko‘rsatish majmuasi, shu jumladan hududda kamida 3 yulduzli toifadagi 50 xonali mexmonxona faoliyatini tashkil etish majburiyatini oladi.

Investor tomonidan amalga oshiriladigan loyiha “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi bilan kelishiladi. Umumiy maydoni (kv.m): 400,9, Yer maydoni: 2,4 gektar.

Boshlang‘ich narxi: 3 mlrd. so‘mdan. Auksion muddati: 31- maygacha.