“Uzbekistan Airways” 2021-yil 31-avgustdan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi Toshkent 3 aeroporti o’z faoliyatini boshlaydi.

Respublika bo’ylab amalga oshiriluvchi barcha aviaparvozlar ushbu aeroportdan jadvalga ko’ra amalga oshiriladi.

Eslatib o’tamiz, 19-avgustdan boshlab aeroport “texnik” sabablarga ko’ra noma’lum muddatga yopilgan edi.

Yo’lovchilardan mahalliy aviaqatnovlar bilan bog’liq savollarni aviakompaniya aloqa-markazidan, aeroport ma’lumot olish markazidan va Uzbekistan Airways ijtomoiy tarmoqlaridan aniqlashtirishlari mumkin.