Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, 2021-yilning avgust oyida Oʻzbekistonga xorijdan 69 ta elektromobil import qilingan. Bu iyul oyi bilan solishtirganda qariyb 100 taga kam ekanligini ko’rsatadi.

Oʻzbekiston avgust oyidagi elektromobillar xaridi uchun 1,5 mln. AQSH dollari sarflangan.

Umumiy hisobda esa, elektromobil importi qariyb 7 baravarga oshgan, 8 oyda 501 ta elektromobil olib kelingan.

Qoʻmita ma’lumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 501 ta elektromobil import qilingan. Ularning aksariyati Xitoy davlatiga to’g’ri keladi.