Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga xorijdan 432 ta elektromobil import qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 364 taga koʻp.

2021-yilning iyun oyida Oʻzbekistonga 63 ta elektromobil olib kelindi, bu may oyiga qaraganda 14 taga koʻp.

Mazkur davrda Oʻzbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

  • Xitoy — 388 ta
  • Turkiya — 24 ta
  • Janubiy Koreya — 5 ta
  • AQSH — 6 ta
  • Germaniya — 4 ta
  • Litva — 1 ta
  • Ispaniya — 1 ta
  • Rossiya — 1 ta
  • Gongkong — 1 ta
  • BAA — 1 ta

O’tgan 7 oy mobaynida elektromobillar importi uchun $7,7 mln sarflangan.