Davlat soliq qoʻmitasining xabar berishicha, 2022-yil 1-yanvardan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari QR-kodini Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘ladi.

Mablag‘ jismoniy shaxslarning bank kartalariga oy yakuni bilan qaytariladi.

Maʼlumot uchun, avtomobil sotib olganlik, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lovlar amalga oshirilganda olingan xarid cheklari uchun keshbek qaytarilmaydi.

QR-kod nima, undan qanday foydalanish haqda mana bu yerda tanishishingiz mumkin.