“Uzbekistan Airways” AJ 2022-yil 1-fevraldan boshlab bagaj miqdorini oshirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga koʻra, “Uzbekistan Airways Express"ning “toʻliq ekonom” formatidagi barcha qatnovlarida bagaj normasi 23 kg/158 sm gacha (aviachipta xarid qilingan sanadan qatʼiy nazar) oshiriladi. Avval 1 ta joy uchun bagaj normasi 15 kg/158 sm edi.

Ushbu qatnovlarda qoʻl yuki normasi oʻzgarmaydi — 5 kg/115 sm gacha qoladi.

Avvalroq Spot “Uzbekistan Airways” 4 ta shahardan Moskvaga qoʻshimcha reyslarni yoʻlga qoʻyganligi haqida yozgan edi.