Counterpoint Research tahliliy kompaniyasi Xitoy smartfonlar bozori boʻyicha hisobot tayyorladi. Unga koʻra yirik bozorda mobil qurilmalarning eng yirik ishlab chiqaruvchisi Huawei emas, balki Vivo boʻlib chiqdi.

2020-yilda Xitoy smartfonlar bozorida yaqqol yetakchi mamlakatda sotilgan telefonlarning 31% ulushini tashkil qilgan Huawei guruhi edi.

Biroq Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan cheklovlar joriy etilishi tufayli vaziyat keskin oʻzgardi, bu Android tizimining funksionalligini cheklashga olib keldi. Ushbu harakatlar natijasida kompaniyaning ichki bozordagi ulushi 10% ga tushib ketdi.

Bunday vaziyatdan Vivo brendi unumli foydalanib qoldi hamda Xitoy smartfonlari segmentida 22% savdo bilan yetakchiga aylandi. Ushbu kompaniyaning ortida esa 21% lik koʻrsatkich bilan Oppo va uchinchi oʻrinda Xitoyda sezilarli darajada mustahkam oʻringa ega boʻlgan, bozordagi taʼsirini 5% ga oshirgan Apple turibdi.

Shuningdek, Counterpoint Research hisobotida Realme brendining sezilarli darajadagi oʻsishi qayd etildi.

Avvalroq Spot Oʻzbekiston Xitoydan $102,4 millionlik mobil telefon import qilganligi haqida yozgan edi.