Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, Oʻzbekiston 16 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston 2021-yilda xorijdan qiymati $203,1 mln ga teng boʻlgan qariyb 3 mln dona mobil telefon import qilgan.

Telefon importi 2020-yilga nisbatan solishtirilganda 1,7 mln donaga oshgan.

Oʻzbekiston 16 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan, bu borada Xitoy yetakchilik qilmoqda:

  • Xitoy — $102,4 mln
  • Vyetnam — $80,7 mln
  • Hindiston — $11,9 mln
  • Qozogʻiston — $5,3 mln
  • BAA — $1,9 mln
  • Germaniya — $647 ming
  • Rossiya — $176 ming.

Avvalroq Spot Oʻzbekiston importida eng yuqori ulushga ega 10ta davlat haqida yozgan edi.