OʻzAning xabar berishicha, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, 2022-yilning fevral-mart oylari davomida oʻtkazilgan tashabbusli byudjet jarayonlarida yetarli ovoz toʻplagan, ammo gʻolib boʻlolmagan loyihalar uchun qoʻshimcha mablagʻ yoʻnaltiriladi.

Fuqarolarning faol ishtirokini inobatga olgan holda har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 139 ta loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha ravishda respublika byudjetidan 85,4 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishi belgilangan.

Toʻliq roʻyxat bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun, 2022-yilning birinchi choragida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayoni natijalari boʻyicha fuqarolar tomonidan bildirilgan 2 215 ta loyiha gʻolib deb topilganligi va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 1,1 trln soʻm mablagʻ koʻzda tutilgan.

Ushbu qaror natijasida 2022-yil 1-mavsum “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida fuqarolar tomonidan berilgan jami 6 mln 718 mingdan ortiq ovozlarning 4 mln 871 mingdan ortigʻi, yoki jami berilgan ovozlarning 72,5%i gʻolib takliflarga ovoz berganlar.