Davlat soliq inspeksiyasining xabar berishicha, joriy yilning 1-yarmida 491 938 nafar fuqaro deklaratsiya taqdim etdi. Deklaratsiyalar asosida toʻlangan soliq summasi 150,8 mlrd soʻmni tashkil etdi.

79 685 nafar fuqaro deklaratsiyalarni elektron shaklda topshirdi.

Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning 1-yarmiga nisbatan quyidagicha farqlandi:

  • deklaratsiya taqdim etish 110,2% (446 606 nafar);
  • deklaratsiyalar asosida toʻlangan soliq summasi 3 barobar (49,8 mlrd soʻm);
  • deklaratsiyalarni elektron shaklda topshirish 23 barobar (3 469 nafar) oʻsdi.

Shuningdek, 2022-yil dastlabki 6 oyida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi imtiyozlaridan foydalangan 161 518 nafar fuqaroga 202,6 mlrd soʻm qaytarildi.

Shundan, OTMlarda “kontrakt” toʻlagan 135 325 nafar fuqaroga esa 175,2 mlrd soʻm (84%) qaytarildi.

Avvalroq DSQ may oyi uchun 509 781 nafar isteʼmolchiga 53,8 mlrd soʻm keshbek toʻlaganligi haqida xabar berilgandi.