“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatining xabar berishicha, Fargʻona yoʻli koʻchasini Bektemir shossesi bilan bogʻlovchi Toshkent halqa avtomobil yoʻli koʻchasidan oʻtuvchi yoʻl oʻtkazgich inshootiga yordamchi yoʻl oʻtkazgichlarini qurish va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsad qilingan.

Shu munosabat bilan, yoʻlovchilarning jamoat transportiga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan “Rohat 5-metro bekati — Qoʻyliq 7-metro bekati” metro bekatlari oraligʻida vaqtinchalik avtobus yoʻnalishi tashkil etildi.

Mazkur tashkil etilgan vaqtinchalik avtobus yoʻnalishidagi harakat jadvallari soni “Isuzu” rusumli avtobuslar asosida hafta barcha kunlariga 2 ta, yoʻnalish ish tartibi soat 7:00 dan 20:00 ga qadar etib belgilandi.

Bundan ilgari Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahridagi metropolitenning yer usti liniyalari ostidagi yerlardan samarali foydalanish toʻgʻrisida qarori qabul qilgan edi. Hujjatda “Doʻstlik-2” bekatidan Qoʻyliqqacha boʻlgan halqa metro liniyasi boʻylab joylashgan hududlarda mahalliy aholi uchun infratuzilma yaratish koʻzda tutilgan.

Ushbu hududlar oziq-ovqat yuk mashinalari va yengil konstruksiyalarni joylashtirish uchun onlayn auksionga qoʻyiladi. Lizing muddati 5 yil boʻladi, toʻlov 12 oy ichida boʻlib-boʻlib qabul qilinadi.

Auksion savdolari orqali ijaraga berilgan yer uchastkalarida quyidagilar tashkil etilishi rejalashtirilgan:

  • chakana savdo va maishiy xizmat koʻrsatish punktlari;
  • tez tayyorlanadigan taomlarni sotish nuqtalari (oziq-ovqat yuk mashinalari);
  • kitob doʻkonlari;
  • avtoturargohlar;
  • madaniyat va dam olish va sport maydonchalari.

Bungacha metropoliten bekatlarda tadbirkorlar uchun maydonchalar ajratish rejasini eʼlon qilgan edi. Bu tizimning moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgani qayd etildi.

2022-yil boshida Shavkat Mirziyoyev xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorni imzolagan edi.