Sardor Umurzakov prezident Administratsiyasi rahbari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev tayinlandi.

Jamshid Xodjayev 1979-yilda tugʻilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi. “Umid” jamgʻarmasi stipendianti.

2003-yilda Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti xalqaro iqtisodiy aloqalar va davlat boshqaruvi yoʻnalishi magistranti.

Markaziy bankning Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti direktori, O‘zmilliybank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, davlat byudjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish Inspeksiyasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.

Xodjayev 2019-yil qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanishdan oldin tashqi savdo vaziri lavozimida ishlagan.