21-iyul kuni Oʻzbekiston Markaziy banki boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda asosiy stavkani 1%ga pasaytirib, 15% darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Mart oyida bank asosiy stavkani yillik 17% ga koʻtargandi. Oʻshanda asosiy stavkaning oshirilishi sabablari etib:

  • tashqi iqtisodiy sharoitlarda yuzaga kelgan yuqori noaniqlik va keskinliklar fonida devalvatsion va inflyatsion kutilmalar oʻsishining oldini olish;
  • milliy valyutada jamgʻarish faolligini saqlab qolish;
  • tashqi xatarlarning mamlakat iqtisodiyotga oʻtuvchi taʼsirini yumshatish orqali makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni taʼminlash kabilar koʻrsatildi.

Iyun oyida esa asosiy stavka 16%ga tushirildi.

Asosiy stavka 2020-yilning sentabr oyidan joriy yilning mart oyiga qadar yiliga 14% darajasida saqlanib kelayotgandi.