“Uzbekistan Airways” joriy yulning 1, 2 va 4-sentabr kunlari qo’shimcha ichki aviqatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko’ra, qo’shimcha reyslar Nukus, Termiz va Urganchga quyidagi jadval asosida bajariladi:
- HY-017/018 Toshkent-Nukus-Toshkent qatnovi 2022-yil 1-sentabr kuni
Toshkent — Nukus 20:00 / 21:40
Nukus — Toshkent 22:30 / 23:50
- HY-065/066 Toshkent-Termiz-Toshkent qatnovi 2022-yil 2-sentabr kuni
Toshkent — Termiz 07:40 / 09:00
Termiz — Toshkent 09:50 / 11:00
- HY-053/054 Toshkent-Urganch-Toshkent qatnovi 2022-yil 4-sentabr kuni
Toshkent — Urganch 19:30 / 21:00
Urganch — Toshkent 21:50 / 23:10
Aviachiptalarni kompaniya saytidan, “Uzbekistan Airways Sales” filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Bundan oldin “Uzbekistan Airways” Mustaqillik bayramiga chegirma e’lon qilgandi.
50%lik chegirma 1−4-sentabr kunlaridagi mahalliy aviaqatnovlarga amal qilishi ta’kidlangan.