“Uzbekistan Airways” Mustaqillik bayrami munosabati bilan chegirma e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 1-sentabridan 4-sentabrigacha bo‘lgan bayram kunlarida amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarda barcha turdagi tariflar uchun 50%lik chegirma amal qiladi.

Aviachiptalarni “Uzbekistan Airways” rasmiy sayti orqali, shuningdek, “Uzbekistan Airways Sales” filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin.


Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airports” “Toshkent” xalqaro aeroporti yaqinidagi hududni rekonstruksiya qilishni boshlagani haqida yozgandi.