Iyul oyida “Uzbekistan Airports” “Toshkent” xalqaro aeroporti yaqinidagi hududni rekonstruksiya qilishni boshladi.

Hozirda rekonstruksiya ishlari jadal davom etib, u uchib ketish terminalining umumiy maydonini 44 001 kv.m dan 66 801 kv.m gacha oshiradi.

Kompaniyaning “Spot"ga xabar berishicha, hudud yangi qurilish, roʻyxatga olish, kutish, bagajni qabul qilish va chegara nazorati zonalarini kengaytirish orqali kattalashtiriladi.

Natijada aeroportning o‘tkazish qobiliyati har soatda 1200 dan 2400 yo‘lovchiga oshadi.

Toshkent xalqaro aeroportida savdo maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha bir qator auksionlar yakunlandi.

Do‘kon, kafe va boshqalar

Aeroport terminalida umumiy ovqatlanish punkti “Pie Point” (Pie Republic brendi), “Gadjetlar va SIM-kartalar” aeroport terminalida “Plug&Play Communications” (Happy Tel brendi) kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan.

Savdo avtomatlari esa “Next Artificial Solutions” (Vend Market brendi) tomonidan o‘rnatiladi.

Ayni paytda terminal hududida kitob, shirinlik, bolalar oziq-ovqati hamda zargarlik do‘konlari va sug‘urta xizmatlari kabilarni tashkil etish bo‘yicha bir qator auksionlar davom etmoqda.

Terminal hududida taksi xizmati

Xususan, aeroportda “Taksi xizmatini tashkil etish” auksioni bo‘yicha 2017-yildan buyon yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat yuritib kelayotgan “Bobur Diyor” kompaniyasi g‘olib bo‘ldi.

Kompaniya avtoparkida faqat benzinda ishlaydigan mahalliy va xorijiy 100 dan ortiq avtomobillar mavjud.

“Bobur Diyor” aeroportlar va vokzallarda kutib olish/kuzatish, tez yetkazib berish, VIP taksi, mikroavtobus va avtobuslarda xizmat ko‘rsatish bo’yicha tajribaga ega.

Aeroport yo‘lovchilarini tashish tariflari, shuningdek, kelish zalida o‘rnatiladigan taksi to‘xtash joyi dizaynini transport kompaniyasi “Uzbekistan Airports” bilan kelishib oladi.