Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq “O‘zGAShKLITI” korxonasining 100% davlat ulushini sotish e’lon qilingandi.

Xususiylashtirilish jarayoni “UzAssets” investitsiya kompaniyasi tomonidan amalga oshirilib, “Grant Thornton” xalqaro konsalting kompaniyasi jalb qilingan.

Davaktiv agentligi “O‘zGAShKLITI” ustav kapitalidagi 100% davlat ulushi 133,7 mlrd. so‘mga sotilganini ma’lum qildi.

Hozirda savdo g‘olibi “SG Engineering and Development” kompaniyasi bilan soldi-sotdi shartnomasi imzolangan.

Korxonaga Azizov Shaxzodxo’ja Hamidullaxo’ja o‘g‘li rahbarlik qiladi. Muassislari ulgurji savdo kompaniyasi “Viridi” (55,3%) va avtomobil ijarasi kompaniyasi “Proliz” (44,7%).

O‘zGAShKLITI” — Qurilish, geoinformatika va shaharsozlik kadastri sohasida muhandislik tadqiqotlari bo’yicha davlat loyihalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti 1963-yilda tashkil etilgan.

Avvalroq “Dori-Darmon” kompaniyasining 51% aksiyalar paketini xususiylashtirish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish boshlangandi.

Keyinchalik, “UzAuto Trailer"ning 100% davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlangani haqida xabar berilgandi.