“UzAuto TRAILER"ning ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.

Xususiylashtirishni amalga oshirish bo‘yicha maslahatchi “Mosaic Financial” kompaniyasi hisoblanadi.

Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘lgan raqobat tamoyillariga asoslangan xususiylashtirish mexanizmi orqali amalga oshirilishi ta’kidlanmoqda.

Talabgorlar arizalarni joriy yilning 21-sentabriga qadar havola orqali jo‘natishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerdi.

Kompaniya haqida

UzAuto TRAILER“ning loyihaviy quvvati 3 000 donagacha: 2 000 dona yarim tirkama va 1 000 dona osma texnika, O‘zbekiston xo‘jaligining turli tarmog‘ini ta’minlash uchun avtomobil texnikalarini ishlab chiqaradi.

Xususan, korxona tomonidan samosval kuzovi, yarim tirkamalar, konteyner tashuvchilar, tentli kuzovlar, izotermik yarim tirkamalar va furgonlar ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan.

Faoliyat yurituvchi xodimlar soni 420 kishini tashkil qiladi.

Ishlab chiqarish korxonasi Samarqand viloyatida joylashgan.

2021-yil yakuniga ko‘ra, kompaniya foydasi 626,2 mlrd so‘mni, sof foyda esa 53 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, kompaniya 158,6 mlrd so‘m ustav kapitaliga ega.


Avvalroq “Uzbekistan Airways” kompaniyasini xususiylashtirish jarayoni boshlangani, hozirda professional konsalting kompaniyasini tanlab olish uchun tanlov e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.