O‘tgan yilning mart oyida Jizzax viloyatidagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi 64,6 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan sotuvga qo‘yilgandi.

Biroq oradan ikki oy o‘tib, may oyida 59,7 mlrd so‘m bilan bino qayta auksionga chiqarildi.

Hozirgacha auksion savdosida sotilmagan mazkur mehmonxona hamda asosiy vositalari auksionga chiqarildi.

Lotning boshlang‘ich bahosi 36,7 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 1,8 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Bino 1980-yili qurilgan bo‘lib, 9 qavat, 264 ta xonadan iborat.

Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,52 ga, binoning umumiy maydoni esa 1876,45 kv.metr.

Binoda gaz, elektr ta’minoti, suv hamda kanalizatsiya mavjud.

Arizalar joriy yilning 31-oktabri, soat 09:00 gacha qabul qilinadi hamda soat 10:00 da savdo boshlanadi.

Buning uchun havola orqali ariza topshirish kerak.


Avvalroq, Buxorodagi “Buxoroteks"ga qarashli mulkiy majmua qariyb 109,9 mlrd so‘mga sotilgandi.