Buxoro shahrida joylashgan yirik davlat aktivi onlayn-auksion savdosida 109,9 mlrd so‘mga sotildi.

Lotning boshlang‘ich bahosi esa 104,7 mlrd so‘mni tashkil etgandi.

Mazkur davlat aktivi 17,6 gektar yer maydoni hamda 115 ming kv.metr bino inshootlariga ega.

Bankrot deb e’lon qilingan “Buxoroteks” korxonasiga tegishli bo‘lgan bino-inshootlari 10 yildan ortiq muddat bo‘sh turgan bo‘lib, 2015 yilda “nol” xarid qiymatda investitsiya kiritish sharti bilan berilgan.

Biroq, investitsiya majburiyatlari bajarilmagani sababli 2021-yilda shartnoma bekor qilingan.

E-auksion elektron savdo platformasiga baholangan qiymatda savdoga chiqarilgan mulkiy majmua 10-oktabr kuni o‘tkazilgan onlayn auksion savdosida sotildi.

Natijada tanlov g‘olibi “Bukhara Next Generation Product” kompaniyasi bo‘ldi.



Avvalroq “Spot” Shayxontohur tumanidagi bino 20,9 mlrd so‘mga sotuvga qo‘yilgani haqida xabar bergandi.