Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida joylashgan besh qavatdan iborat ofis uchun koʻchmas mulk binosi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “E-auksion” ma’lumotlarida keltirilgan.

Umumiy maydoni 4429 kv. metrni tashkil etadigan binoda elektr energiyasi, suv va kanalizatsiya bor.

Boshlangʻich sotuv narxi 20,9 mlrd soʻm deya baholangan boʻlsa, zakalat puli esa 1,4 mlrd soʻmni tashkil qiladi.

Auksion 20-oktabr kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati shu kuni soat 09:00 da yakunlanadi.


Avvalroq “Spot” Miroboddagi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi sotuvga qo‘yilgani haqida yozgandi.