Mirobod tumanidagi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi 26-iyulda sotuvga qo‘yilgandi.

Hozirda mazkur bino takroran savdoga chiqarilmqoda. Bu haqda “E-auksion” ma’lumotlarida keltirilgan.

Umumiy maydoni 1438 kv. metrni tashkil etadigan binoda 32 ta xona mavjud. Binoda elektr energiyasi, gaz va suv bor.

Lotning boshlang‘ich sotuv narxi 8,1 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 405 mln so‘mni tashkil qiladi.

Auksion 24-oktabr kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati shu kuni soat 09:00 da yakunlanadi.


Avvalroq “Spot” Oʻzbektelekom Mirobod tumanida joylashgan binoni sotuvga qoʻygani haqida yozgandi.