E-ijro auksion saytida “GRAND TOWER” MCHJ ga tegishli bo’lgan “O'zbekiston” mehmonxonasi va “Sangzor” kemping bino inshootlari sotuvga qo’yildi.

Mehmonxona Jizzax shahri, Sharif Rashidov ko’chasi, 8- uy manzilida, kemping binosi esa Jili guli mahallasi A. Temur kochasida joylashgan. Binolar 1980−88-yillarda qurilgan.

Mehmonxona 200 kishiga, kemping esa 34 kishiga mo’ljallangan. Umumiy yer maydoni mehmonxona uchun 0,52 ga hamda kemping uchun 3,66 gani tashkil etadi. Arizalar 13-aprelgacha davom etadi. Lotning boshlang’ich narxi 64 613 453 321.70 UZS deb belgilandi.

Oldinroq Spot, Shotlandiyadagi orollardan biri $110 000ga sotuvga qo’yilganligi haqida xabar bergan edi.