Shotlandiya orollaridan biri (Eilean an Fheidh), London birjasida savdoga chiqarildi. Bu haqida Secretmag xabar beradi. Uning boshlang’ich narxi $110 000 deb belgilangan. Savdo 26-mart kuni bo’lib o’tadi.

The Scotsman nashrining fikricha bu pulga Londonning Battersea tumanida konteyner uy sotib olish mumkin bo’ladi.

Orolda qurilish inshootlari va qulayliklar mavjud emas. U Glenfinnan qishlog’idan 48 km uzoqlikda joylashgan va 4,5 gektar maydonni egallaydi.

Eilean an Fheidh’ga qo’shni Eilean Shona oroli bor. Uning egasi milliarder Richard Brensonning singlisi hisoblanadi.

Shotlandiya umumiy hisoblaganda 900 dan ziyod mayda va katta orollardan tashkil topgan va Shotlandiyaning ichki va tashki arxipelagini tashkil etadi.