Jizzax shahrida joylashgan “Grand Tower” MCHJga tegishli “Oʻzbekiston” mehmonxonasi qayta auksionga qoʻyildi.

Lot avval xizmat ko‘rsatish obyekti sifatida foydalanilgan boʻlib, 9 qavat bino va 264 ta xonadan iborat.

Binoning umumiy maydoni 1876,45 kv. metrni tashkil etadi. Elektr, gaz, suv va kanalizatsiya taʼminotiga ega. Inshoot asosiy vositalari va inventar jixozlari bilan sotuvga qo‘yilgan.

Lotning yangilangan boshlangʻich narxi 59,7 milliard soʻm boʻlib (avvalgi taklif 64,6 milliard edi), arizalar shu yilning 26-may soat 13:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar esa 28-may kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Auksionda ishtirok etish niyatidagi shaxslar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.

Avvalroq Spot, Qoʻqondagi gipermarket auksionga qoʻyilganligi haqida ma’lumot bergan edi.