“Apelsin” to‘lov tizimi va banki “Uzum” kompaniyalar guruhiga qo‘shiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati “Spot"ga ma’lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, “Uzum” marketpleysi bilan integratsiya onlayn-bankingda yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish imkonini beradi.

“Apelsin” ilovasi rangini binafsha rangga, shuningdek, dekabr oyida nomini “Uzum bank"ga o‘zgartiradi.

“„Uzum“ ekotizimiga raqamli bankning kiritilishi to‘liq foydalanuvchilar ssenariysini yaratish imkonini beradi”, — dedi “Apelsin” rahbari Sergey Gimadiyev.

Masalan, mijoz bitta ilovada karta va kreditni rasmiylashtirish, tovar xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Uzum” kompaniyalar guruhi foydali xaridlar va qulay to‘lovlar bo‘yicha xizmatlarni rivojlantirmoqda. Hozir O‘zbekistonda “Uzum” brendi ostida ikkita xizmat — bir kunlik yetkazib berish bo‘yicha marketpleys, shuningdek “Uzum Nasiya” (Paymart) bo‘lib to‘lash (rassrochka) xizmati faoliyat ko‘rsatmoqda.

Marketpleysdagi tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova yoki veb-sayt orqali rasmiylashtirish orqali bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin. Bugungi kunda platformada O‘zbekistonning barcha hududlaridan 300 dan ortiq tadbirkor o‘z mahsulotlarini sotmoqda, kuniga 1000 dan ortiq buyurtmalar yetkazib berilmoqda.