Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining “Vazirga murojaat” portali ishga tushdi. Bu haqda vazir Hilola Umarova ma’lum qildi.

Portal orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar, korrupsiya holatlari yuzasidan asoslangan faktlar hamda fikr-mulohazalarni jo‘natish mumkin.

Bu bo‘yicha murojaatlar havola orqali qabul qilinadi.

“Mazkur taklif, tashabbus va mulohazalar shaxsan o‘zimning nazoratimda bo‘lib, vazirlik mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi”, — deydi Hilola Umarova.

Murojaatlar asosida muammolar hal etilib, yangi loyihalar joriy etilishi ta’kidlangan.

Avvalroq, dori vositalarining sertifikatlari va maksimal narxlarini tekshirish platformasi ishga tushirildi. Unga 37 mingga yaqin dori vositalari kiritilgan.