Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘zbekistonliklarni armatura ishlab chiqarish bo‘yicha Yaponiyaga ishga taklif qilmoqda.

Ishchilarga oyiga 235 ming yena ($1700) miqdorida maosh beriladi. Bu summa soliq va boshqa ushlanmalarsiz ko‘rsatilgan.

Bir oylik tayorlov-moslashtirish davrida esa ularga 145 ming yena ($1000) to‘lanadi.

  • Nomzodlar uchun talablar:
  • yapon tilini N5 va undan yuqori darajada bilish;
  • 18−30 yoshgacha bo‘lgan erkaklar;
  • maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;
  • sudlanmagan;
  • 3 yildan 5 yilgacha ishlash.

Ish vaqt haftasiga 40 soatni tashkil etadi va qo‘shimcha ish soatlari uchun to‘lanadi.

Shuningdek, aviachipta ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi.

Arizalarni 9-mart soat 10:00 dan 14:00 gacha havola orqali jo‘natish kerak.

Ishga suhbat asosida qabul qilinadi. Birinchi suhbat 10-mart 10:00 da, ikkinchi suhbat esa 13-mart 11:00 da o‘tkaziladi.

Bu bo‘yicha 71 202−33−55 (ichki raqam 84) yoki 1282 qisqa raqamlariga murojaat qilish mumkin.

So‘ralgan ma’lumotlarni to‘liq va belgilangan tartibda taqdim etmagan fuqarolar tanlovlarda ishtirok etmasligi ta’kidlangan.

Ish jarayoni bilan havola orqali tanishish mumkin.


Avvalroq, Germaniyaning “Duvenbeck Kraftverkehr” tashkiloti o‘zbekistonliklarni yuk mashinasi haydovchisi yo‘nalishida kasbiy taʼlimga taklif etishi haqida xabar berilgandi.