Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda “Duvenbeck Kraftverkehr GmbH” tashkiloti yuk mashinasi haydovchisi (“CE”) yo‘nalishida 2023-yilda boshlanadigan kasbiy taʼlimga fuqarolar taklif etiladi.

Ishga qabul qilinganlar uchun O‘zbekistondan Germaniyaga borish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi va oylik stipendiya 890 yevrodan boshlanadi va kasbiy taʼlim davomida yashash joyi bilan taʼminlanadi.

Shuningdek, “Ausbildung"dan so‘ng uch yillik mehnat shartnomasi hamda keyinchalik oilaviy ko‘chib borish uchun ko‘maklashiladi.

Nomzodlarga qo‘yilgan minimal talablar:

  • 18−35 yoshgacha bo‘lishi;
  • nemis tilida muloqot qila olish (Gyote va ECLdan olingan B1 sertifikat);
  • o‘rta maxsus taʼlim olgani haqida hujjat.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuklagan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

  • xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
  • nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (B1 daraja, pdf shaklda);
  • nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).

Nomzodlar hujjatlarni havola orqali yuborishi mumkin.

Qo‘shimcha maʼlumot uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining +998712023355, +998712000061 va 1282 telefonlariga yoki uning hududiy filiallariga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Muhim: Nemis tilidan A2 daraja sertifikati bor fuqarolar ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin, lekin ular ham keyinchalik B1 sertifikati taqdim qilishlari lozim bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” o‘zbekistonliklar “Volkswagen Slovakia” avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasiga ishga jalb qilinishi haqida yozgandi.

Bu bo‘yicha kelishuv amalga oshirilgan bo‘lib, kompaniyada 1500 ta ishchi kuchiga ehtiyoj mavjudligi ta’kidlanmoqda.