Biznes tarixi: Dolce & Gabbana moda brendining yaratilishi
Mazkur materialda brendning qanday paydo bo‘lgani, uni rivojlanish tarixi hamda bugungi kundagi faoliyati haqida ma’lumotlar berilgan.
IT bo‘yicha 5 ta kitob: PostgreSQL
Ushbu to‘plam PostgreSQL tizimini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.
To‘tiqushlardan to pan-osiyo oshxonasidagi McDonald’s`gacha: Yevgeniy Pak Yaponamama`ning yaratilishi, franshiza va xorij bozoriga chiqish haqida
Tadbirkor pan-osiyo restoranini ochish uchun qancha pul kerakligi, nima uchun deyarli 12 yillik faoliyat davomida birorta ham franshiza sotilmagani va umumiy ovqatlanish sohasining qaysi turi ko‘proq to‘lganligi haqida so‘zlab berdi.
Xorijdagi o‘zimiznikilar: neft-gaz sohasida o‘qib, Germaniyada dasturchi bo‘lib ishlayotgan Marat Xakimov hikoyasi
Dasturchi qanday qilib Germaniyaga o‘qishga ketgani, ishga kirgani va u yerdagi qiyinchiliklar haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.
Xorijga chiqishga cheklov bor yoki yo‘qligini qanday aniqlash mumkin? Qo‘llanma
Xizmatdan Yagona portal yoki byuro saytidan foydalanish bepul bo‘lib, hech qanday hujjat talab etilmaydi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Click Uzum kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi.
Xususan, to‘lov tashkiloti ekotizimiga asosiy kirish nuqtalaridan biri bo‘lgan super ilovaga aylantirilishi rejalashtirilmoqda. - Google raqamli marketing bo‘yicha bepul kursga arizalar qabul qilmoqda.
U jami 26 ta moduldan iborat bo‘lib, yakunda bepul sertifikatga ega bo‘lish uchun 40 savoldan iborat imtihondan o‘tish kerak bo‘ladi. - Vengriyaning OTP Bank’i Ipoteka bank’ni sotib oldi.
Qayd etilishicha, “OTP Bank” bankning Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga tegishli aksiyalardan 75%ini sotib olgan, qolgan 25%i esa uch yillik muddatda sotib olinadi. - Yandex SpeechKit dasturiga oʻzbek tili qoʻshildi.
Neyron tarmoq nafaqat nutqni, balki soʻzdagi tovushning xususiyatlari va murakkab familiyalarni talaffuz qilishda yordam beradi. - Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga eksport qilish joriy yilning to‘rtinchi choragida boshlanadi.
Yetkazib berishni amalga oshirish bo‘yicha Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida shartnoma imzolanib, yo‘l xaritasi tasdiqlandi. - Yagona reyestrga kirish uchun qanday onlayn ariza jo‘natish mumkin? Qo‘llanma.
Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin bo‘lib, buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi. - Ayrim toifadagi avtomobillar uchun bojxona to‘lovlari kamaytiriladi — prezident qarori.
Xususan, dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillar uchun 0%, 1 200 sm kubdan yuqori bo‘lmagan avtomobillar uchun esa 5% miqdorida bojxona boji belgilanmoqda. - Birinchi chorakda Rossiyaga O‘zbekistondan 600 mingdan ortiq mehnat muhojiri borgan.
Shuningdek, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston va Qozog‘iston fuqarolari ham Rossiyaga ishlash uchun kelgan. - Google texnologiya sohasi bo‘yicha dasturiga xotin-qizlardan arizalar qabul qilmoqda.
Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 30-iyungacha ro‘yxatdan o‘tish kerak. - Rossiyaning Texnonikol kompaniyasi O‘zbekistonga qurilish materiallarini eksport qilishni rejalashtirmoqda.
Sanksiyalar doirasida kompaniya mahsulot eksportini Yevropa Ittifoqidan Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga qayta yo‘naltirmoqda.