“Google” “Women Techmakers Ambassador” onlayn dasturiga xotin-qizlardan arizalar qabul qilmoqda.

Dastur o‘z jamoalariga ijobiy ta’sir qilishni xohlovchi, texnologiya sohasidagi ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Ishtirokchilar elchi sifatida bir nechta yetalchilik faoliyatini olib borishi, “Google” hamda boshqa hamjamiyatdan yordam olishlari mumkin bo‘ladi.

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • 18 yosh yoki undan katta;
  • tadbirlar tashkil etish, ularda nutq so‘zlash, bloglar yoki video resurslar yaratish va boshqalar bo‘yicha kamida 1 yillik tajribaga ega bo‘lish;
  • “Google” texnologiyalariga qiziqish bildirish;
  • Dasturda faol ishtirok etishga va yil davomida har qanday jamoat faoliyatini amalga oshirishga vaqt ajratish (10 soat/chorak minimal majburiyat).

Qabul qilingan ishtirokchilar har 3 oyda kamida bir marta texnologik hamjamiyatda tadbirlar tashkil etishi kerak.

Dastur talablarini batafsil bu yerdan bilib olish mumkin.

Unda ishtirok etish uchun arizalarni joriy yilning 30-iyunigacha havola orqali jo‘natish mumkin.


Avvalroq ijodiy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash onlayn ta’lim dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.