Rossiyaning qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “Technonikol” kompaniyasi Litvaning “VMG Group” kompaniyasidan Minsk yaqinidagi yog‘ochni qayta ishlash korxonasini sotib oldi, deya xabar bermoqda “Kommersant” nashri.

Korxonani sotib olish bo‘yicha bitim qiymati taxminan 2,7 mlrd rublga baholanmoqda.

Kompaniya mahsulotlari Yevropa Ittifoqiga eksport qilishga qaratilgan edi, ammo sanksiyalar tufayli Belarus bu bozorni deyarli yo‘qotdi.

Qayd etilishicha, korxonaning yangi egasi mahsulot eksportini Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga qayta yo‘naltirmoqchi.

“Yangi „Technonikol“ korxonasi mahsulotlarining asosiy bozori Belarusiya hisoblanadi”, — dedi kompaniyaning boshqaruvchi hamkori Sergey Kolesnikov.

Bundan tashqari, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiyaga eksportni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga logistika narxining pasayishi bilan “Technonikol” ushbu yo‘nalishda yetkazib berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.

Ushbu mamlakatlarga eksportni qayta yo‘naltirish aynan Belarusiyadan YeIga bunday mahsulotlarni yetkazib berishning iloji yo‘qligi bilan bogliq, deydi “Infoline-Analytics” bosh direktori Mixail Burmistrov.

Shuningdek, zavodda yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishni rejalashtirmoqda.


Avvalroq “Spot” Rossiyaning “SLAVA” brendi O‘zbekistonda do‘kon ochmoqchi ekanligi haqida yozgandi.

Shuningdek, kompaniya rossiyalik dizaynerlar mahsulotlarini Osiyo bozorlariga chiqarishga tayyorlanmoqda.