Joriy yilning 1-iyulidan kasb-hunar maktablariga arizalar qabuli boshlandi.

Unga 2023-yilgi 9-sinf bitiruvchilari hujjat topshirishlari mumkin, xizmatdan my.edu.uz platformasi orqali foydalanish imkoniyati mavjud.

Buning uchun dastlab saytda “kirish” qismi orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.

Dastlab telefon raqam kiritib, undan keyingi sahifaga o‘tiladi va unda hujjat turini tanlab, so‘ralgan ma’lumotlar kiritiladi.

Arizachi pasport, ID karta yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

kasb-hunar, qabul, qo'llanma, ta'lim

Davom etish tugmasini bosgach kiritlgan telefon raqamga SMS orqali kod jo‘natiladi va uni tasdiqlab, so‘ng parol o‘rnatish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish yakunlangach, asosiy sahifadan “Kasb hunar maktablariga qabul” bo‘limini tanlash zarur

Kirgandan keyin esa ariza topshirish sahifasi ochiladi. Arizani “Xizmatdan foydalanish” tugmasi orqali amalga oshirish mumkin.

Darvoqe, hujjat topshirishda nomzoddan 3×4 hajmidagi fotosuratini yuklashi so‘raladi.

Ikkinchi qadamda tamomlagan o‘quv muassasasi hamda shahodatnomasi haqidagi ma’lumomtlarni kiritishi kerak.

“Mutaxassilik tanlovi” qismida nomzod topshirmoqchi bo‘layotgan kasb-hunar maktabini tanlaydi.

Bunda kasb hunar maktabi joylashgan viloyat, tuman va nomi, shuningdek, ta’lim shakli, tili hamda yo‘nalishi yanlanishi kerak.

Oxirgi qadamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va “temir daftar"ga kiritlgan nomzodlar haqidagi ma’lumotlar shakllandi.

Bu ro‘yxatda mavjud bo‘lmaganlarniki bu sahifada aks etmaydi. Shu bilan, “davom etish” tugmasini bosib, arizani jo‘natish mumkin.

Darvoqe, kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.

Shuningdek, o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Arizalarni joriy yilning 20-iyuligacha havola orqali topshirish mumkin.


Avvalroq “Spot” OTMga hujjatlarni qanday onlayn topshirish mumkinligi haqidagi qo‘llanmani taqdim etgandi.