2023-yil avgust oyi uchun O‘zbekiston banklarida Visa, Mastercard va UnionPay kartalari: tariflar va shartlar

Hozirda mavjud 34 ta bankdan 23 tasida xalqaro kartalarni ochish mumkin.

hafta yakuni, week summary


Terrasa, phone boxes va dam olish xonasi: Express24 ofisi qanday tuzilgan?

Kompaniya asoschisi Akmal Payziyev nega yangi ofisga ko‘chib o‘tgani, korporativ madaniyatda qanday tamoyillarga amal qilishi hamda xodimlar almashinuviga qanday munosabatda ekani haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary


Work and Travel: dastur orqali Germaniyaga ketgan Islambek Turganbayev hikoyasi

Spot bilan suhbatda Islаmbek Work and Travel dasturi, uning afzalliklari, kerakli hujjatlar va xarajatlar haqida ma’lumot berdi.

hafta yakuni, week summary


Xitoyning Yenching akademiyasi stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Unda o‘zbekistonliklar ham ishtirok etishlari mumkin. Qabul qilingan talabalarning yashash, oziq-ovqat hamda aviachipta xarajatlari qoplab beriladi va oylik stipendiya ajratiladi.

hafta yakuni, week summary


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. UzAuto Motors 2024-yilgi kontraktatsiya keyinroq ochilishini ma’lum qildi.
    Joriy yilda puli to‘langan avtomobillar yil yakunigacha o‘z egalariga topshirilishi hamda keyinchalik bu muddat 3 oydan oshmasligi qayd etilgan.
  2. Amerikada o‘tkaziladigan tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
    Unda butun dunyodan san’at, gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasida tadqiqot olib boradigan yosh olimlar ishtirok etishi mumkin.
  3. Telegramda navbatdagi yangilanishlar taqdim etildi.
    Xususan, messenjerda hamma uchun hikoya joylash imkoniyati, juft kamera rejimi, hikoyalarni tahrirlash, joylashuv va izohlar hamda boshqa imkoniyatlar paydo boʻldi.
  4. O‘zagroeksportbank o‘z nomini AVO bankga o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
    Shuningdek, bank aksiyalarining maksimal miqdori har biri 20 so‘mdan 200 mlrd donagacha oshiriladi.
  5. 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik migrantlar Rossiyani tark etishni o‘ylamoqda — Vedomosti.
    Mamlakatdan ketish birinchi bo‘lib kam maosh olinadigan sohalar, masalan, umumiy ovqatlanish, chakana savdo, kuryerlik xizmatlari, qishloq xo‘jaligi kabilarga ta’sir qiladi.
  6. Yangi import avtomobillarni faqat rasmiy dilerlar tomonidan sotilishi talabi bekor qilindi.
    Shuningdek, ortiqcha sarflangan elektr energiyasi uchun korxonalarni energiya ta’minotidan uzib qo‘yish amaliyoti tugatiladi.
  7. WhatsApp sun’iy intellekt yordamida stikerlar yaratishni sinovdan o‘tkaza boshladi.
    Bunda foydalanuvchi kerakli tavsifni kiritishi kerak, WhatsApp unga stikerlar uchun bir nechta variantni taklif qiladi.
  8. Amazon, Netflix va Meta sun’iy intellekt mutaxassislariga $900 minggacha ish haqi taklif qilmoqda.
    Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu kabi yirik kompaniyalar bozorda yetakchi bo‘lib qolishi uchun dasturchilarga shunday miqdorda maosh to‘lashga tayyor.
  9. Sanoat ipotekasi, xizmatlar ipotekasi hamda kompensatsiyalar — prezidentning tadbirkorlar bilan muloqotidan muhim tafsilotlar.
    Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Tadbirkorlik jamg‘armasi faoliyati va ishlash usuli o‘zgartiriladi.
  10. Tadbirkorlar kuni munosabati bilan bir qator tadbirkorlar taqdirlandi.
    Ular qatorida Kanishka Fur bosh direktori Aleksey Manshayev, Atlas Invest direktori Saydolim Nabixodjayev kabilar bor.