“Amazon”, “Netflix” va “Meta” kabi kompaniyalar generativ sun’iy intellekt sohasidagi mutaxassislarga yillik $900 minggacha maosh taklif qilishdi, deb yozadi “New York Post”.

Kompaniyalar malakali xodimlarga raqobatbardosh maosh taklif qilish orqali ularni jalb qilishga harakat qilmoqda, deydi ishga yollovchilar.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu kabi yirik kompaniyalar bozorda yetakchi bo‘lib qolishi uchun dasturchilarga shunday miqdorlarda maosh to‘lashga tayyor.

“Bu sof bozor iqtisodiyoti”, — dedi “Leathwaite” kompaniyasining yollash bo‘yicha hamkori Pol Groz.

“Netflix” yiliga $300 mingdan $900 minggacha, asosiy ish haqi va bonuslarni o‘z ichiga olgan holda, mashina o‘rganish bo‘yicha mutaxassis uchun ish joylashtirdi.

Tanishuv ilovasi “Hinge” yillik daromadi $398 minggacha bo‘lgan sun’iy intellekt bo‘yicha vitse-prezidentni taklif qiladi va “Amazon” $340,3 ming maoshga ega bo‘lgan yuqori darajadagi sun’iy intellekt menejerini qidirayotgan ish e’lonini joylashtirdi.

“Meta” generativ sun’iy intellekt dasturchisiga $137 minggacha yillik maosh taklif qilmoqda. Kompaniya bu lavozimga kollej bitiruvchilarini qidirmoqda.

“Nvidia” boshlang‘ich sun’iy intellekt mutaxassisiga $156 mingdan $247 minggacha maosh taklif qiladi.

“Capital One” esa sun’iy intellektning yetakchi dasturchisiga yiliga $325 minggacha, “Walmart” esa $168 mingdan $252 minggacha to‘lashga tayyor.

Iyun oyida masofaviy ish qidirish kompaniyasi “Crossover” yuqori lavozimli va mahsulot direktori lavozimlariga arizalarni qabul qilish bo‘yicha tanlovni yopdi.

Ikkala reklama ham $800 ming miqdorida maosh taklif qildi va nomzodlardan o‘z ishlarida “ChatGPT"dan foydalanishni talab qildi.

2023-yil boshidan beri generativ sun’iy intellekt mahsulotlari dasturchilarini qidirayotgan e’lonlar soni to‘rt barobarga oshdi, deb yozadi “The Wall Street Journal” “Indeed” ish sayti ma’lumotlariga tayanib.


Avvalroq “Spot” “WhatsApp” sun’iy intellekt yordamida stikerlar yaratishni sinovdan o‘tkaza boshlagani haqida yozgandi.

Bunda foydalanuvchi kerakli tavsifni kiritishi kerak, WhatsApp unga stikerlar uchun bir nechta variantni taklif qiladi.