Xitoyning Pekin universitetida joylashgan Yenching akademiyasi stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda butun dunyodan nomzodlar magistratura darajasi uchun hujjat topshirishlari mumkin.

Akademiya har yili 120 ga yaqin talabalarga mamlakatda yashab, o‘qish imkonini taqdim etadi. Nomzodlar har qanday yo‘nalish bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘lishlari yoki 31-avgustgacha tamomlashlari kerak.

Qabul qilingan talabalar o‘qish to‘lovidan ozod etilib, yashash, borish-qaytish aviachipta xarajatlari qoplab beriladi hamda oylik stipendiya taqdim etiladi.

Shuningdek, talabalarning dala tadqiqotlariga oid tashabbuslari ham akademiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Arizalar Yenching Akademiyasining onlayn portali orqali qabul qilinadi hamda quyidagi hujjatlarni ingliz tilida taqdim etish kerak:

  • ariza shakli;
  • shaxsiy bayonot (750 so‘z yoki undan kam);
  • radqiqotga qiziqish bayonnomasi (maksimal 1500 so‘z, iqtiboslar bundan mustasno);
  • rezyume;
  • rasmiy transkriptlar;
  • ikkita akademik tavsiyanoma;
  • ingliz tili sertifikatlari IELTS (7), TOEFL (100) va boshqalar.

Nomozodlar yuqori akademik ko‘rsatkichlar, yutuqlarga erishgan, jamoat ishlarida faol hamda yetakchilik salohiyatiga ega bo‘lishi kerak.

Shuningdek, 28-yoshdan oshgan nomzodlar dasturga qabul qilinmaydi.

Arizalarni joriy yilning 3-dekabrigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq AQShning “Getty Foundation” fondi stipendiya dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.