“IT Park” BMTning Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda qizlar uchun amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda IT yoki texnik yo‘nalishlar bo‘yicha 29 yoshgacha bo‘lgan universitet bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin.

“Digital Internship” dasturi 2 oy davom etib, amaliyot davomida ishtirokchilarga stipendiya ajratiladi.

Dastur qizlarning raqamli ko‘nikmalarini oshirish va IT kompaniyalarida ish topish uchun imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Unda ishtirok etish uchun arizalarni joriy yilning 16-oktabrgacha havola orqali jo‘natish kerak.


Avvalroq “Yandex” kompaniyasi dasturlash bo‘yicha “Yandex Cup” chempionatiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.