Turli mamlakatlar qalbaki mahsulotlarning keng ko‘lamli muammosiga qarshi kurashish uchun barcha turdagi usullar va vositalardan foydalanadilar. O‘zbekistonda uch yildan buyon bozorni raqamlashtirish, kontrafakt va kontrabandaga qarshi kurashish asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan Asl Belgisi raqamli markirovka tizimi faol joriy etilmoqda.

Bugungi kunda Asl Belgisi raqamli markirovka tizimida mahsulot aylanmasi ishtirokchilarining umumiy soni 53 891 nafarni tashkil etadi. 2023-yilda mahsulot aylanmasi ishtirokchilarining o‘sishi 2022-yildagiga nisbatan to‘rt barobarga oshdi.

Asl Belgisi raqamli markirovka tizimi uchun 2023-yil samarali bo‘ldi. Markirovka tizimi operatori asosiy sa’y-harakatlarini tizimni rivojlantirish, iste’molchilar uchun mobil ilovani modernizatsiya qilish, shuningdek, biznes uchun ilovani ishga tushirishga qaratdi va mahsulot guruhlariga sezilarli ta’sir qildi.

Markirovka tizimining ta’sirlari

2023-yilda “Maishiy texnika” guruhi mahsulotlari aylanmasi ishtirokchilari soni o‘tgan yilga nisbatan to‘rt barobar o‘sdi. Mahsulot aylanmasi ishtirokchilari soni o‘sishi bilan maishiy texnikaning ro‘yxatdan o‘tgan savdo nomlari soni ham ko‘payib, 2023-yilda 204 foizga oshdi. Shuningdek, 2022-yilga nisbatan 500 barobar ko‘proq markirovkali maishiy texnika muomaladan chiqarildi.

Dori vositalarini majburiy markirovkalash boshlanganiga bir yil bo‘ldi va 2023-yilda mahsulot aylanmasi ishtirokchilari soni 2022-yilga nisbatan to‘rt barobar ko‘paydi. Joriy yilda markirovkalangan dori vositalarini qabul qilish bo‘yicha sotish 2022-yilga nisbatan 800 baravar ko‘paydi.

Asl Belgisi qo‘llab-quvvatlash xizmati

Hozirda markirovka tizimi foydalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash xizmati mavjud bo‘lib, u mahsulot aylanmasi ishtirokchilarining kundalik so‘rovlarini qabul qiladi. O‘tgan 2023-yil davomida qo‘llab-quvvatlash xizmati tomonidan mahsulot aylanmasi ishtirokchilarining telefon orqali 24 ming so‘rovini, Telegram orqali 14 mingdan ortiq so‘rovni, shuningdek, E-mail, onlayn-shakl va ma’lumotlar markazi orqali 7000 dan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqildi. 2022-yilga nisbatan bu yil murojaatlar soni 56 foizga oshgan.

Reklama huquqlari asosida.